Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔎 Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar

Xonadonbay o‘rganish: bandlik bo‘yicha yangi takliflar

“Xalqlar do‘stligi” MFYda fuqarolarni ish bilan ta’minlash va ularning daromad topish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan manzilli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich fuqaro Sh.M.ning xonadonida bo‘lib, bandlik masalasini muhokama qildi.

💼 Muloqotda fuqaroga issiqxonalarda ishlash imkoniyatlari taklif etildi. Bundan tashqari, kelgusida o‘z faoliyatini boshlash istagi yuzaga kelsa, zarur ishlab chiqarish uskunalarini yengillashtirilgan kredit yoki ssuda asosida olish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

📌 Xonadonlarda o‘tkazilayotgan bunday o‘rganishlar fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni tushuntirish va bandlik masalasida amaliy yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qiladi.

🤝 Har bir murojaat ortida insonning ehtiyoji va kelajakka oid rejasi bor. Muhimi, shu ehtiyojga mos imkoniyatni topishga ko‘maklashishdir.