YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI IJTIMOIY XIZMATLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Uralov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bo‘limida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
👨💼 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash hamda mavjud masalalarga yechim topish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.
👍 Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy sohadagi ishtirokini kengaytirish, davlat xizmatlari samaradorligini oshirish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Yoshlar maslahat guruhi — yoshlar tashabbuslari, jamoatchilik nazorati va hudud rivojiga xizmat qiluvchi muhim maydon!