🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari
“Xalqlar do‘stligi” MFYda olib borilayotgan o‘rganishlar davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich fuqaro R.T.ning xonadoniga tashrif buyurib, ish bilan ta’minlash va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini muhokama qildi.
🧵 Jumladan, fuqaroga tikuv sexi yoki issiqxonalarda ishlash taklif etildi. Shuningdek, mustaqil faoliyat boshlash istagi uchun yengillashtirilgan kredit yoki ssuda asosida ishlab chiqarish uskunalari va pishiriq tayyorlash pechini olish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
📌 Bunday uchrashuvlarda fuqarolarga mavjud bandlik imkoniyatlarini tushuntirish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va daromad topish yo‘llarini ko‘rib chiqish muhim o‘rin tutadi.
🤝 Maqsad — har bir xonadon uchun munosib mehnat va daromad imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish.