O‘rganish davomida Shams ko‘chasida elektr simlarining daraxt shoxlariga yaqin joylashgani aniqlandi. Mazkur holat elektr tarmog‘ida nosozliklar yuzaga kelishi hamda xavfsizlik bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish choralarini ko‘rishni taqozo etishi qayd etildi.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi. Murojaat bo‘yicha ko‘riladigan choralar va natijalar Kengash raisi tomonidan nazoratga olindi.
Aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.