Muloqot davomida deputat va tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, hududda amalga oshirilayotgan ishlarni birgalikda o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, biriktirilgan tashkilot faoliyatidagi dolzarb masalalarni muntazam o‘rganib borish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik vazifalari belgilab olindi.
Belgilangan vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish orqali deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.