Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy maslahatlar berildi.
Mazkur qabul Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherzod Abdusamatov hamda «MADAD» muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili Eshonqul Aminov bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Qabul jarayonida fuqarolarga o‘z huquqlarini bilish, qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarni qonuniy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda.
Xalq bilan ochiq muloqot qilish, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish — samarali deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.