35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Bog‘ot tumanida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga mablag‘ ajratildi
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA ICHKI YOʻLLAR BOʻYICHA MANZILLI ROʻYXAT YANGILANDI
янв.21
BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Qo‘shimcha mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILANDI
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan bo‘lib, fuqarolarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlarini davlat tomonidan kafolatlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan.

Qonunda fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplari belgilangan. Jumladan:


🔹 sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilish;
🔹 aholining barcha qatlamlari uchun tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
🔹 kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktika choralarining ustuvorligi;
🔹 sog‘lig‘ini yo‘qotgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish;
🔹 tibbiyot fanining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash.

Shuningdek, fuqarolarning malakali va o‘z vaqtida tibbiy yordam olish, sog‘lig‘i to‘g‘risida axborotga ega bo‘lish hamda tibbiy sir saqlanishi kabi huquqlari qonunchilikda mustahkamlangan.

Alohida ta’kidlash joizki, fuqaroning hayoti xavf ostida bo‘lgan holatlarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun oddiy yo‘llanma yoki rejali qabul navbatini kutish talab etilmaydi.

Mazkur Qonun fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlarini ta’minlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishning muhim huquqiy asoslaridan biridir.

Ins
on salomatligi — eng oliy qadriyat. Uni asrash esa jamiyat va davlatning muhim vazifasidir.