35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Bog‘ot tumanida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga mablag‘ ajratildi
янв.21
BOGʻOT TUMANIDA ICHKI YOʻLLAR BOʻYICHA MANZILLI ROʻYXAT YANGILANDI
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Qo‘shimcha mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA TASHKILOT O‘RTASIDA HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILANDI
Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyati tartibga solinadi

Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyati tartibga solinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan go‘sht yetishtirish, so‘yish va iste’molchilarga yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi.

Mazkur qarorning asosiy maqsadi — aholiga sifatli va xavfsiz go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish, veterinariya-sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solishdan iborat.

Qaror doirasida:
🔹 ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalarining faoliyatini belgilangan talablar asosida tashkil etish;
🔹 hayvonlarni so‘yish jarayonida veterinariya-sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish;
🔹 go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini ta’minlash;
🔹 mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tortib iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarni takomillashtirish;
🔹 iste’mol bozorini sifatli va xavfsiz go‘sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash;
🔹 so‘yish korxonalarida zamonaviy talablar asosida sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaratish kabi vazifalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur tartiblarning amaliyotga joriy etilishi hayvonlarni so‘yish jarayonining shaffof va tartibli tashkil etilishiga, veterinariya-sanitariya nazoratining kuchayishiga hamda aholiga yetkazib berilayotgan go‘sht mahsulotlari xavfsizligining oshishiga xizmat qiladi.

Eng muhimi, yangi tizim orqali iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki iste’mol bozorida sifatli go‘sht mahsulotlari ulushini oshirishga erishiladi.

Sifatli mahsulot — aholi salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligining muhim kafolatidir.