Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

IJTIMOIY HIMOYA XIZMATLARI SIFATI OʻRGANILDI

Oʻrganish davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash jarayonlari, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyozlarning amaldagi ijrosi tahlil qilindi.

Jumladan:
ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar;
ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda toʻlash holati;
nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning qoʻllanilishi oʻrganildi.
Oʻrganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ularga sifatli xizmat koʻrsatish doimiy deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 1