Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUN_IJROSI OʻRGANILDI

 Oʻrganish davomida Bogʻot tumani adliya boʻlimining yuridik xizmat koʻrsatish faoliyati bilan tanishilib, fuqarolarga “E-Advokat” axborot tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish amaliyoti tahlil qilindi.

Jumladan:
davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tartibi;
“E-Advokat” tizimi orqali murojaatlarni koʻrib chiqish jarayoni;
2026-yilning 6 oyi davomida kelib tushgan 42 ta murojaat, shundan 39 tasi ichki ishlar organlari, 3 tasi sudlar orqali yuborilgani hamda qonunchilikda belgilangan mezonlarga mos fuqarolarga yuridik yordam koʻrsatilayotgani oʻrganildi.

Oʻrganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish hamda fuqarolarning bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Qonunlar ijrosini taʼminlash va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish doimiy deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 3