Oʻrganish davomida mahalla yettiligining aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda murojaatlar yechimini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek:
fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi;
mahalla yettiligining oʻzaro hamkorligi;
murojaatlar ijrosining amaldagi holati oʻrganildi.
Oʻrganish yakunida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Fuqarolar murojaatlariga oʻz vaqtida va sifatli javob berish doimiy deputatlik nazoratida.