Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 15-Cho‘rindi saylov okrugi deputati A.Sharipov hududiga kiruvchi “Cho‘rindi” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
📊 “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida mahallada jami 195 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olingan. Jumladan:
⏺ 1-toifa — ish bilan ta’minlashga muhtoj xotin-qizlar — 22 nafar;
⏺ 2-toifa — tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar — 1 nafar;
⏺ 3-toifa — uy-joyini ta’mirlashga muhtoj xotin-qizlar — mavjud emas;
⏺ 4-toifa — ruhiy holatini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar — 91 nafar;
⏺ 5-toifa — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar — 81 nafar.
💬 O‘rganish jarayonida har bir toifa bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning murojaatlari ijrosi hamda ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holati atroflicha ko‘rib chiqildi.
💬Ta’kidlanganidek, bugungi kunda barcha toifadagi xotin-qizlarga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy, huquqiy va moddiy yordamlar ko‘rsatilgan.
✔️ O‘rganish yakunida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.