Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlari R.Yegitaliyev, D.Xamraqulov, Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar hamda tuman “Dehqon bozori” MChJ rahbari F. Sharipov bilan birgalikda bozorda tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkasi o‘rganildi.
🔴O‘rganish davomida yarmarkada aholi uchun kundalik ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda va maqbul narxlarda taklif etilayotgani, mahsulotlarning sifati hamda savdo jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
🇺🇿Mazkur yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
🔴O‘rganish yakunida yarmarkada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, mahsulotlar sifati va narxlar barqarorligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.