35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI:

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan “Samandarak” mahalla fuqarolar yig‘inining “Ma’rifat” ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Xoliqovning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔴 O‘rganish davomida fuqaro A.Xoliqov tomonidan “Samandarak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan “Hunarmandlar sanoat zonasi” hududiga yaqin joydan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida yer maydoni ajratish masalasida murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi.

🔴 Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaroning talabi va takliflari atroflicha tinglanib, mazkur masalani amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlash yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

🔴 Shuningdek, murojaatni qonuniy tartibda hal etish, fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlash hamda masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 5