Nazarbek shoh ko‘chasida obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi
Tozalik — har birimizdan boshlanadi!
14-okrug deputati Zafar Nazarov tashabbusi bilan “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Nazarbek shoh ko‘chasida keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
🌿 Tadbir davomida ko‘cha hududi chiqindilardan tozalanib, atrof-muhit obodonlashtirildi. Natijada ko‘chalar yanada toza, ozoda va ko‘rkam qiyofa kasb etdi.
Bunday ezgu tashabbuslar aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, hududlarda sanitariya va tozalik holatini yaxshilashga xizmat qiladi.