35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Ko‘rkam diyor mahallasidagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilgan ta’mirlash ishlari deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’mirlash ishlari ayrim joylarda sifatsiz bajarilgani, devorlarning ko‘chib ketgani, shuningdek, muassasa binosi elektr ta’minotiga ulanmagani aniqlandi. Ayrim ishlarning esa oxiriga yetkazilmagani ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar e’tibori muammolarni bartaraf etish va ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash zarurligiga qaratildi. Deputatlar tomonidan mazkur masala nazoratga olindi.

Slide 1 of 7