Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 19-"Konizar" saylov okrugi deputati F.Musulmonqulov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan "Konizar" mahalla fuqarolar yig‘inida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisi tashabbusi va hashar yo‘li bilan ichimlik suvi qudug‘i qazilgani, biroq ichimlik suvi tarmog‘ini 6 ta ko‘cha bo‘ylab jami 3 kilometr masofaga tortish zarurligi aniqlandi.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilandi hamda ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4