Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlarining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-grafigiga muvofiq, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati M.Xurboyev hamda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining deputati A.Ubaydullayevlar tomonidan "Olchin" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Kengash kotibiyati mudiri, tumandagi tegishli tashkilot va korxona rahbari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi.
Jumladan:
🔹 Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar va qabul qilingan qarorlar;
🔹 deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi;
🔹 saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati;
🔹 saylov okrugida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
🔹 hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilgan tashabbuslar haqida ma'lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, deputatlar mahalliy Kengashlarning vakolatlari, deputatlarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda zarur hollarda tegishli davlat organlariga deputatlik so‘rovi yuborish tartibi yuzasidan ham tushuntirishlar berishdi.

Slide 1 of 5