Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "13-Muqimiy" saylov okrugi deputati R.Yegitaliyev, Kengash Kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Ismoilov hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi inchki yo‘llarni saqlash bo‘limi boshlig‘i S.Jabborovlar bilan birgalikda "Muqimiy" mahalla fuqarolar yig‘inining Kumushtola ko‘chasidagi ichki yo‘llar holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘chaning jami 2 kilometr qismi qum-shag‘al qoplamasidan iborat ekani hamda ushbu yo‘l uchastkalarini asfalt qoplamasi bilan ta’minlash zarurligi aniqlandi.
Mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish va yo‘lni bosqichma-bosqich ta’mirlash bo‘yicha deputat nazorati o‘rnatildi.