Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Ittifoq” MFY raisining faoliyati va hududdagi ishlar holati o‘rganildi

“Ittifoq” MFY raisining faoliyati va hududdagi ishlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi U.Toshboyev “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla raisining kundalik faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalladagi mavjud muammolar, ularni hal etish choralarining samaradorligi va aholi bandligini ta’minlash borasidagi vazifalarning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla raisining faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan doimiy va tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Mahallalardagi o‘rganishlar va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy muloqotlar davom etadi.