Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MALANDIYON MFYDA "YETTILIK" FAOLIYATI O‘RGANILDI

MALANDIYON MFYDA "YETTILIK" FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi mutaxassisi U.Toshboyev tomonidan Malandiyon MFYda "Yettilik" tarkibiga kiruvchi mahalla raisi, yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, yoshlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, "Yettilik" tomonidan hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, aholi bilan manzilli ishlash hamda hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.