Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Pattеkesar” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 23-“Pattakesar” saylov okrugi deputati T.Berdiyevning saylov okrugiga qarashli “Pattakesar” mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

Tashrif davomida mahalla raisi hamda profilaktika inspektori bilan suhbat o‘tkazilib, mahallada aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tartibda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy muhit, aholi osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligi bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

Nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan belgilangan vazifalarning “Pattakesar” mahallasidagi ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Deputatlik nazorati — muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.