35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

♻️ Tozalik — umumiy mas’uliyat!

Bekobod tumanida hududlarning obodonligi, sanitariya holati va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi.
Xususan, Bekobod tumani “Toza hudud” davlat muassasasining chiqindilarni olib chiqish faoliyati, mavjud holat hamda sohada uchrayotgan muammolar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

📌 O‘rganishda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Djabborov, Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov, deputatlar A.Xolmurzayev, B.Jo‘rayev, shuningdek, yoshlar maslahat guruhi a’zolari B.Xabibullayev va K. Ortiкbаyev ishtirok etdilar.

🔎 O‘rganish davomida chiqindilarni olib chiqish tizimidagi mavjud holat, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Aniqlangan muammolar tegishli tartibda nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.

Slide 1 of 7