35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari e’tibor va nazoratda
Aholi bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini tinglash hamda mavjud muammolarni joyida o‘rganish fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim omillaridan biridir.

Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev tomonidan shahar Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida 40 nafar fuqaroning ijtimoiy-iqtisodiy hamda maishiy sohalardagi murojaatlari atroflicha tinglandi. Sayyor qabul jarayonida ijtimoiy va tibbiy qo‘llab-quvvatlash (moddiy yordam, bolalar puli, davolanish va "Ijtimoiy reyestr" masalalari), uy-joy va infratuzilma (yong‘indan zarar ko‘rgan xonadonlarga ko‘mak, ta’mirlash hamda qurilish masalalari) hamda tadbirkorlik va ta’lim (imtiyozli kreditlar va kontrakt to‘lovlari) va boshqa yo‘nalishlarda murojaatlar ko‘rib chiqildi.

​Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning 7 nafari joyida o‘z yechimini topdi. Muayyan muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi shahar hokimligi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Bunday sayyor qabullar fuqarolarning muammo va takliflarini bevosita eshitish, ularni qisqa muddatlarda hal etish choralarini ko‘rish, ijro intizomini mustahkamlash hamda aholi bilan davlat organlari o‘rtasidagi ochiq va samarali muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 6