Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj.Shaxmayev Guliston mahallasida o‘rganish olib bordi.
🔎 O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, shuningdek, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilishi holati ko‘zdan kechirildi.
💡 Toza, obod va yorug‘ hudud — aholi uchun munosib yashash sharoitining muhim omili!
🤝 Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.