Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh.Toʻraqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Azimova Istiqlol mahallasida oʻrganish ishlarini olib bordilar.
Oʻrganish davomida koʻp qavatli uylarning ichki yoʻlaklari (podyezdlari), bolalar va aholi uchun barpo etilgan sport maydonchalari, hududlarning sanitariya-tozaligi hamda tungi yoritish tizimlarining holati koʻzdan kechirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur tavsiyalar berilib, hududni yanada obod va qulay maskanga aylantirish boʻyicha amaliy choralar belgilandi.
🌿 Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam!