Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Azimova navbatdagi 30-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman hokimining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻining hisobotini har tomonlama oʻrganish maqsadida Oila va xotin-qizlar boʻlimida oʻrganish oʻtkazdilar.
Mazkur oʻrganish davomida hisobotda aks ettiriladigan masalalar, amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan tegishli maʼlumotlar tahlil qilindi. Bu kabi oʻrganishlar Kengash sessiyalarida masalalarning puxta va xolis koʻrib chiqilishiga xizmat qiladi.