Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov Boʻston mahallasida oʻrganish ishlarini olib bordilar.
Oʻrganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholining turmush farovonligini yanada yaxshilashga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.
🤝 Har bir xonadonda farovonlikni taʼminlash yoʻlidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda.