35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📍 Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev tomonidan mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, soliq intizomini mustahkamlash, tadbirkorlik subyektlari va aholi bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyat samaradorligini oshirish va aholi bilan ishlash sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Deputatlik nazorati — mas’uliyat va samaradorlikni oshirishning muhim omilidir.

Slide 1 of 2