35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🌿 Jamoatchilik nazorati – ochiqlik va sifatli xizmatlar kafolati!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi vakili U.Raximjonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov Oltin vodiy mahallasidagi oilaviy shifokorlik punktida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ–474-son Qonuni ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazdilar.

Oʻrganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda qonun talablarining amalda bajarilish holati koʻzdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Jamoatchilik nazorati — fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlashda muhim omildir.

Slide 1 of 4