35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📚 Yozgi ta’til – mazmunli va samarali o‘tsin!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan S. Shokirova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Utegenov tomonidan Bunyodkor mahallasida joylashgan 51-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktabning binolaridan birini ichki transformator tarmog‘iga ulash zarurligi bilan bog‘liq muammo aniqlandi. Mazkur masala belgilangan tartibda nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.

✅ Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6