Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Utegenov Doʻstlik mahallasi hokim yordamchisi va soliq inspektori bilan birgalikda mahalladagi savdo doʻkonlarida oʻrganish olib bordilar.
Oʻrganish davomida aholi isteʼmoli uchun zarur boʻlgan asosiy oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi, mahsulotlar yetarliligi hamda savdo shoxobchalaridagi mavjud holat koʻzdan kechirildi.
✅ Bunday oʻrganishlar isteʼmol bozoridagi barqarorlikni taʼminlash, aholini sifatli va zarur mahsulotlar bilan uzluksiz taʼminlash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.