Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🌿 Mahalladagi muammolar va yechimlar — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S. Lyu Terakzor mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan uchrashdi hamda hududdagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-ekologik holati, obodonlashtirish ishlari, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, hududni yanada obod va ekologik jihatdan qulay maskanga aylantirish yuzasidan takliflar bildirildi.

🌱 Mahalladagi har bir muammo va tashabbus deputatlar nazoratida. Aholi manfaatlarini ta’minlash, yashash muhitini yaxshilash va ekologik barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 3