Yangiliklar

🔘Xalq salomatligi yo‘lida birlashaylik!

🔹Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati Q.Bobojonov tomonidan aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

🔹O‘rganish jarayonida hududdagi tibbiyot muassasalarining faoliyati, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, shifokorlar va tibbiyot xodimlarining mas’uliyati hamda mavjud muammolar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔹Mazkur o‘rganish natijalari asosida aholiga yanada sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 5