Deputat navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari reja-jadval
asosida o‘z saylov okruglarida aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib kelmoqdalar.
Jumladan, tuman
Kengashi deputati M.Raximov Turk mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda
mahalladagi infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yoshlar
bandligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan
har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda
yechim topish choralari belgilab olindi.