🔹Tashrif davomida deputat tomonidan mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, xususan, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi atroflicha o‘rganildi. Aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Ayniqsa, ishsizlikni kamaytirish, kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish zarurligi qayd etildi.