🔹Qurilish jarayonlari, olib borilayotgan ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi. Shuningdek, qurilishda qoʻllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, jumladan, energiya tejamkorlikni taʻminlash maqsadida oʻrnatilayotgan quyosh panellari masalalariga ham alohida eʻtibor qaratildi.
🔹Tashrif davomida quruvchilar va masʻullar bilan suhbat oʻtkazilib, ishlarni sifatli va oʻz vaqtida yakunlash, kelgusida bino mahalla aholisiga samarali xizmat qilishi lozimligi taʻkidlandi.