Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati S. Shokirova oʻziga biriktirilgan hududda boʻlib, aholi salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida 4-sonli oilaviy poliklinikaga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida poliklinikaning faoliyati, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shuningdek, mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Tibbiyot xodimlari bilan suhbat chogʻida muassasa faoliyatini yanada yaxshilash, aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish masalalari muhokama qilindi.