☑️Shuningdek, deputat hududda joylashgan 17-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasidagi mavjud shart-sharoitlar, o‘quv xonalari holati, moddiy-texnik baza va ta’lim sifati bilan yaqindan tanishdi. Maktab rahbariyati bilan suhbat davomida ta’lim jarayonini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.