Yangiliklar

Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan huquqiy uchrashuv

Bekobod tumani Taqachi mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — milliy qomusimiz” mavzusida huquqiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Konstitutsiyaning ahamiyati, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda 2025-yil 21-apreldagi Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga doir 71-son Farmon mazmuni yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda:

👤 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati N.Toshmatov

👤 Mahalla raisi N.Mixliboyevalar ishtirok etib, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va undagi fuqarolarning asosiy huquq hamda erkinliklari haqida ma’lumot berdi.

Slide 1 of 2