Joriy yilning 10-may kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi 7-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat Qodirova Iroda Zulqaynarovna tomonidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 2025-yil 6-fevraldagi «Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va aniqlangan muammolarni hal etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VII-7-17-10-135-K/25-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston mahallasida saylovchilar oldida 2025-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha axborot berdi.
✅Uchrashuv davomida, yurtimizda amalga oshirilayotgan va natija berayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida aytib o‘tdi, shuningdek mavjud muammolar bilan tanishdi, ularni bartaraf qilish bo‘yicha takliflarni eshitdi.
✅Uchrashuv so‘ngida Iroda Qodirova saylovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.