Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati D.Saidova tomonidan o‘ziga biriktirilgan Qora-qo‘yli mahallasining Hamjihatlik ko‘chasida yuzaga kelgan noqonuniy chiqindixonalar holati o‘rganildi.
Bekobod tumani Obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i, hududdagi fermerlar hamda shu hududda yashovchi fuqarolar ko‘magida noqonuniy chiqindixonalar chiqindilar bartaraf etildi. Mazkur hududni obod va fayzli maskanga aylantirish masalasi yuzasidan aholi bilan suhbatlashildi.