Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A.Djabborov o‘ziga biriktirilgan hududda bunyod etilayotgan Qushchi mahallasi binosining qurilish jarayoni bilan tanishdi. Bugungi kunda binoni tom yopish ishlari amalga oshirilmoqda. O‘rganish davomida qurilish ishlarining loyiha talablari asosida olib borilishi, ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, obyektni tezroq foydalanishga topshirish masalasi yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.