Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 8-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat Xidirova Sadoqat Yunusaliyevna O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-aprel kunidagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PF-5700-sonli Farmoni talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, Do‘stlik mahallasida bo‘lib, mavjud shart-sharoitlarni o‘rgandi.
✅Yurtimizda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha qator qulayliklar yaratildi. Xozirgi kunda Do‘stlik MFY binosiga ham quyosh panellari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
✅MFY da faoliyat olib borayotgan OShP da ham bo'lib, aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat haqida o‘rganish o‘tkazdi. O'rganish jarayonida mavjud muammolar va takliflar tinglandi.