Yangiliklar

Saylov

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2025-yil 24-fevraldagi “Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi VII-7-26-10-0-K/25-sonli hamda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 2025-yil 25-fevraldagi “Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi VII-8-25-10-135-K/25-sonli qarorlariga muvofiq, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati Qodirova Iroda Zulqaynarovna 2025-yilning 7-mayida “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovida ishtirok etdi.

 O‘zbekiston mahallasidagi saylov ochiq va shaffof muhitda, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazildi. Nomzodlar o‘z dasturlari bilan ishtirok etib, fuqarolarning fikr-mulohazalari inobatga olindi, natijada eng munosib nomzod saylandi.

Slide 1 of 4