Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun, 12-may kuni Tuman Kengashi deputati Umurzoq Yarlakabov "Jo‘langar" mahallasida joylashga 8-Oilaviy polikilinikaga tashrif buyurib, xalq salomatligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan hamshira va tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Deputat o‘z tabrigida tibbiyot sohasidagi islohotlar jarayonida hamshiralar tutgan o‘rinni alohida e’tirof etib, ularning mehr-muruvvat, sabr-toqat va insonparvarlik asosidagi mehnatini yuqori baholadi.

"Sizlarning mehnatingiz — bu sog‘lom jamiyat poydevoridir. Har doim ehtirom va e’tibordasiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!" — dedi Umurzoq Yarlakabov.

Slide 1 of 1