Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi raisi, "Paxtakor" saylov okrugidan saylangan deputat N.Babayev bugun 1-sektor binosida yig‘ilish o‘tkazdi.Yig‘ilishda "Paxtakor" va "Do‘stlik" mahallalari vakillari ishtirok etdi.
Asosiy mavzular: Obodonlashtirish ishlari – mahallalarda tozalash, yo‘llarni ta’mirlash, daraxt ekish va hududni obodonlashtirish choralari muhokama qilindi.Kambag‘allikni qisqartirish – ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikka ko‘maklashish va ijtimoiy yordam berish masalalari ko‘rib chiqildi.