O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlisga hamda O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida 17-sonli umumta’lim maktabida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarni Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati N.Uralova olib bordi. Tadbir davomida Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga yo'naltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Seminarda Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning maktab ta’limi tizimidagi amaliy ahamiyati, ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.