Bekobod shahridagi 5-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va targ‘ib etish maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida "Adolat" SDP Bekobod shahar Kengashi raisi, deputat G. Sharipova va boshqalar so‘zga chiqib, Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.