O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, ushbu muhim hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Respublika hamda Toshkent viloyati hokimligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Yoshlar markazida
uchrashuv tashkil etildi. Xalq deputatlari shahar kengashining deputatlari N.Babayev, X.Ibragimova, D.Vaxobjonov va U.Abdunazarovlar tomonidan Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish, mahallalarda sog‘lom
ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan vazifalar atroflicha tushuntirildi. Tadbirda shahar aholisi, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari,
shahar hokimligi xodimlari hamda korxona va tashkilotlarning mas’ul vakillari faol ishtirok etdi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, uning amaliy ahamiyati hamda mazkur strategiyada belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusidagi ishlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.